Introducing Yozma

Assalomu alaykum, Yozmaga hush kelibsiz 🙂 Bu kichik bir loyiha bo‘lib, unda men kichik maqolalar yozishga va ularni o‘zim yaratgan kichik saytda saqlashga harakat qilaman.

Aytgancha, Yozma open source loyiha hisoblanadi. Agar sizda GitHub va Markdown bo‘yicha bilimingiz bo‘lsa, undan bemalol foydalanishingiz mumkin. Men Yozmani GitHub Pages orqali host qilganman.

Nima uchun Yozmani boshladim?

Birinchidan, bu shunchaki o‘z fikrlarimni matn ko‘rinishiga o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat deb hisoblayman. Chunki fikrlarni yozib ko‘rsak, uning kamchiliklari ko‘rina boshlaydi. Agar uni birovga ko‘rsatsak, yanada mukammalroq qilishga harakat qilamiz.

Bundan tashqari, men chiroyli yozishni ham o‘rganmoqchiman. Lekin "Nega aynan buning uchun Yozmani yasash kerak edi?" deb so‘rasangiz, javobim oddiy — nega bo‘lmasin? Bu mening qo‘limdan keladi va o‘zim uchun qulay platformani yaratib olish ajoyib fikr deb o‘ylayman. Qolaversa, bu opensource, ehtimol, kimdirga foydasi tegishi mumkin 🙂 Zo‘r tomoni — istasangiz, self-host qilsa ham bo‘ladi.

Bu yerda nima haqida maqolalar bo‘ladi?

Ochig‘i, hozircha aniq reja yo‘q. Miyamga kelgan mavzular haqida yozaman. Ehtimol, dasturlash haqida ham postlar bo‘lib qolishi mumkin.


Yangi maqolalarda ko‘rishguncha!